“Sportchilar oilasi”

“Sportchilar oilasi”

2019-yil 27-mart kuni institutda ishlovchi ayol pedagog-hodimlar va ularning 12 yoshgacha bo‘lgan farzandlari ishtirokida “Sportchilar oilasi” shiori ostida stol tennisi, shashka va oilaviy estafeta musobaqalari bo‘lib o‘tdi.

Stol tennisi musobaqalarida “Moliya” kafedrasi o‘qituvchisi Sh.Shermuxamedova fahrli 1-o‘rinni, “Chet tillar” kafedrasi o‘qituvchilari N.Murodova va X.Xalilovalar 2- va 3-o‘rinlarni egallashga muvaffaq bo‘ldilar.

Shashka musobaqalarida “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi N.Parpiyeva 1-o‘rinni, “Kasbiy ta’lim” kafedrasi o‘qituvchisi R.Sarsenbayeva 2-o‘rinni va “Menejment va marketing” kafedrasi o‘qituvchisi F.Bozorova 3-o‘rinni egallashga muvaffaq bo‘ldi.

Oilaviy sport musobaqalari ham keskin va qiziqarli kurashlarga boy bo‘ldi. Tezlik estafetasi, murakkab mashq estafetasi, yugurish, akrobatika elementlari va to‘pni nishonga otish hamda epchillik estafetalarida 12 ta jamoa o‘zaro kurash olib borishdi. Musobaqalar yakuniga ko‘ra “Audit va iqtisodiy tahlil” kafedrasi o‘qituvchilari M.Ismailova va I.Urmonbekovalar hamda ularning farzandlaridan tarkib topgan oilaviy jamoa fahrli 1-o‘rinni, “Biznes va tadbirkorlik” kafedrasi o‘qituvchisi G.Nazarova va “Audit va iqtisodiy tahlil” kafedrasi o‘qituvchisi N.Kalandarova hamda ularning farzandlaridan tarkib topgan jamoa 2-o‘rinni, “O‘zbek va rus tillari” kafedrasi o‘qituvchisi F.Askarova va “Moliya” kafedrasi o‘qituvchisi K.Xudayberganova hamda ularning farzandlaridan tarkib topgan oilaviy jamoa 3-o‘rinni egallashga muvaffaq bo‘lishdi.

Musobaqalarni yuqori saviyada tashkil etish va o‘tkazish ishlarida faol ishtirok etgan institut Xotin-qizlar kengashi va fakultet boshlang‘ich tashkilotlari raislari hamda “Ijtimoiy fanlar” kafedrasining “Jismoniy tarbiya va sport” fani o‘qituvchilariga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

 

12:37 / 2019-03-29
Success helper
Success warning